O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekiston Turkmanistonga dori vositalarining eksportini qariyb 29 baravarga oshirdi

Davlat Statistika qo‘mitasining maʼlumotiga ko‘ra joriy yilning 8 oyi davomida O‘zbekiston 11 ta xorijiy davlatlarga qiymati 11,5 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan dori vositalarini eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,5 mln. AQSH dollariga yoki qariyb 4 baravarga oshgan.

O‘tgan 8 oy mobaynida O‘zbekiston dori-darmon mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:

Qirg‘iziston – 3,4 mln
Qozog‘iston – 2,1 mln
Afg‘oniston – 1,5 mln.
Turkmaniston – 1,2 mln
Tojikiston – 1,1 mln
Turkiya – 956,7 ming AQSH dollari

O‘zbekiston 8 oy davomida 55 ta xorijiy davlatlardan 565,2 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan dori-darmon import qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,8 mln. AQSH dollariga kam.

O‘tgan 8 oy mobaynida O‘zbekiston dori-darmon mahsulotlarini eng ko‘p import qilgan davlatlar:

Hindiston – 102,9 mln.
Rossiya – 59,9 mln.
Ukraina – 46,1 mln.
Latviya – 46,0 mln.
Xitoy – 34,1 mln.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech