O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekiston va Hindistonning farmatsevtika sohasidagi hamkorligi va normativ hujjatlardagi o‘zgarishlar muhokama qilindi

2021 yilning 24 mart kuni Hindiston Respublikasining  Toshkentdagi elchixonasi va Hindiston xukumati Savdo sanoat vazirligi huzuridagi Hindiston farmatsevtika mahsulotlari eksportini rivojlantirish Kengashi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston va Hindistonning farmatsevtika sohasidagi hamkorligi va normativ hujjatlardagi o‘zgarishlar” mavzusida vebinar uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Vebinarda Hindiston farmatsevtika mahsulotlari eksportini rivojlantirish Kengashi boshqaruv masalasi bo‘yicha direktori Lakshmi Prasanna, O‘zbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi  Dilshod Axatov, “Shayana Farm” kompaniyasi bosh direktori ishtirok etdi.  

Tadbirda ishtirok etgan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Direktor o‘rinbosari Alisher Temirov “O‘zbekiston Respublikasi va  Hindiston Respublikasi o‘rtasidagi farmatsevtika sohasidagi aloqalar va oxirgi yillarda qonunchilikdagi o‘zgarishlar” mavzusida taqdimot o‘tkazdi.

Shuningdek, Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi mutaxasislari  ham “Dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qonunchilikdagi o‘zgarishlar” mavzusidagi taqdimot bilan ishtirok etdilar.

Vebinar yakunida ikki tomon mustahkam aloqalarni yana-da rivojlantirishga kelishib oldilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech