O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekiston va Qirg‘iziston: yaqin qo‘shnichilik aloqalari har jabhada o‘z aksini topmoqda

Keyingi yillarda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida o‘zaro qo‘shnichilik aloqalari sezilarli ravishda faollashdi. Umumiy saʼy-harakatlar va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning har tomonlama mustahkamlashiga va yana-da rivojlanishiga zamin yaratmoqda. Va bu har jabhada o‘z aksini topmoqda.

Kuni kecha Qirg‘izistonning www.tazabek.kg yangiliklar sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, 2020 yilda ushbu davlatga farmatsevtika mahsulotlarining eng katta hajmini aynan O‘zbekiston import qilgan – 2752,1 tonna. Ikkinchi o‘rinda, Hindiston – 946,4 tonna va so‘ngra Xitoy – 857,3 tonna.

Aytish joiz, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida 207 ta korxonalar tomonidan 3 542 turdagi dori vositalari hamda tibbiy buyumlar ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Shundan 20 dan ziyod ishlab chiqaruvchilar, jumladan “Asklepiy-Svift” MCHJ QK, “Elastikum” MCHJ, “Fazo-Luxe” MCHJ, “Baxtteks-Farm” MCHJ, “Dentafill Plyus” MCHJ, “Nikapharm” MCHJ, “Jurabek Laboratories” MCHJ QK, “Uzgermed” MCHJ QK va boshqalar tomonidan Qirg‘iziston Respublikasiga 64 turdagi tibbiy buyumlar va 154 turdagi dori vositalari ekport qilinadi.

2020-yilda O‘zbekiston farmatsevtikasining Qirg‘izistonga eksporti 6,3 million AQSH dollarini tashkil etib, 2019 yilga nisbatan 2,5 barobarga o‘sgan (2,4 million AQSH dollari).

2021 yilning yanvar-fevral oyilarida esa Qirg‘iziston Respublikasiga 10 ta farmatsevtik korxonalar tomonidan deyarli 600 ming AQSH dollari qiymatiga teng farmatsevtika maxsulotlari eksport qilingan. 

Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi tomoni O‘zbekiston hamda Qirg‘iziston Respublikalari Hukumatlari o‘rtasida “Dori vositalari va tibbiy buyumlar sohasiga oid hamkorlik bitimi” loyihasini taklif qilgan.

Hozirda ushbu hujjat loyihasi ikki davlatning manfaatdor vazirlik va idoralari tomonidan ko‘rib chiqilayotgan bo‘lib, uning imzolanishi O‘zbekiston farmatsevtika mahsulotlarining eksport hajmini kamida 25% ga o‘sishiga, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan faramatsevtik mahsulotlarning Qirg‘iziston bozoriga oson kirishiga imkoniyat yaratadi, va o‘z o‘rnida, davlatlarimiz sifatli va arzon dori vositalari bilan  taʼminlanadi.

Qayd etish lozimki, bugungi kunda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning 30 turdagi dori vositalarini Qirg‘iziston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan ro‘yxatga olish jarayoni olib borilmoqda.

Bundan tashqari, O‘zbekiston tomoni Qirg‘iziston Respublikasida qo‘shma korxona tashkil etish taklifi bilan chiqqan. In-bulk shaklida dori-darmon ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni maqsad qilgan mazkur loyihaning ishga tushirilishi Qirg‘iziston farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarining Yevropa Ittifoqi hududiga eksport qilinishi imkoniyatini yaratadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech