O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekistonda bakteriya va virusdan zararlanishni oldini oluvchi tibbiy kombinezonlar yaratildi

O‘zbek to‘qimachilari 100% paxtali gidrofob matosiga asoslangan himoya vositalarini ishlab chiqarishni boshladilar. Bu haqda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi matbuot xizmati xabar qildi.

Paxta matolariga maxsus himoya xususiyatlarini berish texnologiyasini qo‘llash orqali ishlab chiqarilgan kombinezonlar patogen bakteriya va viruslarni yuqtirish xavfini oldini oladi.

Loyiha tashabbuskori “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi “Cotton Road” qo‘shma korxonasi bo‘lib, hozirgi vaqtda Germaniyaning “SHT GmbH” va Shveysariyaning “CHT Switzerland AG” kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomaga binoan korxona Yevropaning so‘nggi «HeiQ Viroblock» innovatsion ishlanmasini o‘zlashtirdi. Bu kumush ionlarining mikroqismlari bilan singdirilgan maxsus vezikulyar tarkibiy qismlarga ega antivirus va antibakterial texnologiya orqali paxta matosidan himoya kostyumlar ishlab tizimidir.

Kumush ionlari bir-biriga qarama-qarshi zaryadlangan viruslarni jalb qiladi va darhol ularning oltingugurt guruhlariga bog‘laydi, keyin vezikulyar tarkibiy qism virusni yo‘q qiladi. Ushbu yangi texnologiya qisqa 5-10 daqiqada SARS-CoV-2 patogen sekretsiyasini faol ravishda yo‘q qilishga, kiyimlarni o‘z-o‘zini tozalashga imkon beradi, bu esa hozirgi vaqtda ishlatilganlar himoya kombinezonlariga qaraganda samaraliroq.

Ushbu innovatsion texnologiya Shveysariyada antivirus matolarni ishlab chiqarish uchun maxsus yaratilgan.

Mavjud amaliyot shuni ko‘rsatdiki, paxta matosidan ishlab chiqarilgan kombinezonlar polimer, xususan spanbonddan ishlab chiqarilgan kombinezonlarga nisbatan quyidagi ustunliklarga ega:

– Havoni yaxshi o‘tkazishi tufayli bunday kombinezonlar himoya xususiyatlarini saqlab, ortiqcha issiqlikni olib tashlashni taʼminlab, uzoq muddatli qulay ishlashni taʼminlaydi.
– Qayta foydalanish imkoniyati tufayli 5-7 martadan ko‘proq moliyaviy tejashni taʼminlaydi, chunki qayta ishlatiladigan (kamida 15 marotaba foydalanishga imkon beradigan) kombinezonlar narxi bir martali ishlatiladigan mahsulot narxidan atigi 2 baravar yuqori.
– Mahalliy xom ashyodan ishlab chiqarilgan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech