O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekistonda shifokorlar malakasini oshirish markazi ochish masalasi muhokama qilindi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida AQSHning “Medtronik” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida O‘zbekistonda shifokorlar malakasini oshirish markazi ochish masalasi muhokama qilindi, hamda kompaniyaning qandli diabetga chalinganlar uchun ishlab chiqarayotgan mahsulotlari bilan tanishtirildi.

Uchrashuvda xorijiy hamkorlar mamlakatimizning jadal rivojlanayotgan farmatsevtika sanoati yutuqlari bilan tanishtirildi va ushbu sohaning sarmoyaviy jozibadorligi haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Tadbirda, shuningdek, dunyodagi eng yirik tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lgan “Medtronik” kompaniyasi faoliyati haqida so‘z ketdi. Xususan, “Medtronic” 70 dan ortiq surunkali kasalliklar, jumladan, yurak yetishmovchiligi, Parkinson kasalligi, surunkali og‘riqlar va qandli diabet bilan kasallangan bemorlar uchun maxsus asboblar va davolash vositalarini ishlab chiqaradigan kompaniya ekanligi taʼkidlanib, O‘zbekistonda o‘quv markazi ochish niyatida ekanligi haqida aytildi.

Uchrashuv davomida kompaniyaning Paradigm insulin nasoslari va ularningsarf materiallari, “Guardian” doimiy glyukoza monitoringi tizimlari hamda qandli diabetga chalinganlar uchun nazorat va terapevtik dasturiy taʼminot mahsulotlari to‘g‘risida batafsil gapirildi.

Muzokaralar yakunida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi rahbari S. Kariyev O‘zbekistonda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasida qulay shart-sharoit yaratilayotgani taʼkidlab, Agentlik o‘z vakolatlari doirasida o‘quv markazini tashkil etish loyixasini amalga oshirishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Muzokaralar yakunida kompaniya vakillari o‘quv markazini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot olish uchun Toshkentdagi Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi faoliyati bilan tanishish istagini bildirdi.

Tomonlar, shuningdek, qandli diabetga chalinganlar uchun mahsulotlar ishlab chiqarish sohasida hamkorlikni jadallashtirishga qaror qilishdi va o‘quv markazini ochish borasida amalga oshirilishi zarur bo‘ladigan chora-tadbirlarni muhokama qilishdi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmatia

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech