O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekiston–Tojikiston iqtisodiy hamkorligi yangi bosqichga chiqmoqda

Joriy yilning 8 fevral sanasida Tojikistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Aziz Rahmonzoda Andijon viloyatiga tashrif buyurdi.

Elchi janoblari viloyatda farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, Andijon tumanida yangi tashkil etilgan “Andijon Pharma Park” ilmiy va sinov laboratoriyasi hamda  “Andijon Pharm” erkin iqtisodiy zonasi hududida amalga oshirilgan loyihalar bilan yaqindan tanishish hamda sohada o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida “Emery Pharma”, “Malika Laboratories” MCHJ kabi korxonalarga tashrif buyurib, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ko‘zdan kechirdi.

Muloqot davomida Tojikiston hududida hamkorlikda dori vositalari, tibbiy buyum va tibbiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarni yaratish va mazkur faoliyatni yo‘lga qo‘yish uchun maqbul hududlarni aniqlash, mamlakatlarimiz o‘rtasida farmatsevtik mahsulotlar aylanmasi uchun keng tarmoqli transport koridorini yaratish bo‘yicha takliflar bildirilib, o‘zaro fikr almashildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech