O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zfarmagentlik direktori AQSH ning “IGN-International” kompaniyasi rahbari, Rossiya immunolog-olimi bilan muzokaralar o‘tkazdi

Joriy yilning 23 aprel kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev AQSHlik olim,  immunolog, biologiya fanlari doktori, professor  Pyotr Ignatov bilan uchrashdi. Unda Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti hamda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi yetakchi  mutaxassislari ham ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida amerikalik olim yig‘ilganlarni COVID-19 infeksiyasi bilan kassalangan beʼmorlarda dastlabki bosqichda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan, klinik sinovlari yakunlagan  yuqori taʼsirga ega ishlanmalari bilan tanishtirdi.

Shuningdek, Pyotr Ignatov Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda qilinishi mumkin bo‘lgan istiqbolli loyihalar haqida ham so‘z ochdi. Xususan, OIV infeksiyasi va parazitar   kasalliklariga  qarshi dori vositalari, shu bilan birga boshqa turdagi O‘zbekistonda ehtiyoji yuqori bo‘lgan dori vositalarini mamlakat hududida ishlab chiqarish taklifini bildirdi.

Muloqot chog‘ida Agentlik direktori o‘rtaga tashlangan mavzularda innovatsion yechimlar borligini alohida taʼkidlab, aholi salomatligini muhofaza qilishda bunday yo‘nalish hozirgi kunda dolzarb ekanligini taʼkidladi.

“Biotexnologik preparatlarning ishlab chiqarilishi rivojlangan mamlakatlarda allaqachon o‘z samarasini bermoqda. O‘zbekiston farmatsevtikasi ham shu yo‘nalishni bosqichma bosqich eggalashni maqsad qilgan”, - dedi Agentlik direktori.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech