O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zfarmagentlik xodimlari sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotiga alohida eʼtibor qaratmoqda

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 dekabrdagi “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillari va jismoniy faollikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4063-sonli qarori ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Agentlikning barcha tarkibiy bo‘linmalaridan xodimlar ishtirok etdi.

Yig‘ilishida sog‘lom turmush tarziga rioya etish, to‘g‘ri ovqatlanish tamoyillari va jismoniy faollikni oshirishga bag‘ishlangan maʼruzalar tinglandi. Xususan, hayot va mehnat tarzining faolligi, salomatlik ko‘p jihatdan qanday ovqatlanishga bog‘liqligi haqida gapirildi.

Kunlik ovqatlanish quvvati, odamning kunlik sarflaydigan energiyasiga mos kelishi sog‘lom ovqatlanishning muhim jihati hisoblanishi urg‘ulandi.

Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari ham inson salomatligini belgilovchi omillarning 50 foizi uning ovqatlanishi va hayot tarziga bog‘liqligini taʼkidlashadi.

“Sog‘lom bo‘lish uchun suv iching! Suv organizmda kechadigan barcha jarayonlar: hujayra, to‘qima va aʼzolarning asosini tashkil qilib, tana haroratini boshqaradi. Hujayralarga ozuqaviy moddalar, kislorod va glyukozani yetkazib beradi. Mushaklarni mustahkamlashga va bo‘g‘imlar elastik bo‘lishiga yordam beradi, hazm qilish jarayonini boshqaradi. Tana vazniga qarab inson kuniga 2-3 litr suv ichishi lozim”, - deydi Agentlik xodimlaridan biri, triatlon sporti ishqibozi Irina Sheina.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech