O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“O‘zLiDeP PRESS KLUB"ning 37-soni "Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida bo‘lib o‘tdi

Farmatsevtika tarmog‘ida kelgusi 5 yilda amalga oshirilishi kutilayotgan islohotlar, sohadagi mavjud muammolarni hal etish yuzasidan olib borilayotgan amaliy chora-tadbirlarni jamoatchilik vakillari bilan muhokama qilish maqsadida joriy yilning 26 yanvar kuni “O‘zLiDeP PRESS KLUB"ning 37-soni "Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida o‘tkazildi.

Mazkur press-klubda Investitsiyalar va tashiq savdo vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Aziz Husanov, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Alisher Temirov, "Tashkent Pharma Park" klasterini rivojlantirish direksiyasi direktori o‘rinbosari Aziza Tursunxodjayeva shuningdek, Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi Farmokologiya qo‘mitasi raisi Saidamir Saidovlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida joriy yilning 21 yanvar sanasida imzolangan "2022-2026 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-55 son Prezident farmoni va unda belgilangan vazifalar va ularni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbilar haqida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining X syezdidagi nutqida kelgusi 5 yilda mamlakatimizda dori-darmon va tibbiyot vositalari ishlab chiqarish miqdorini 80 foizga yetkazish, zamonaviy farmatsevtika klasterlari hamda zonalarini tashkil etish va mavjudlarini yana-da rivojlantirish belgilangan edi.

Press-klubning to‘liq variantini qo‘yidagi manzilda tomosha qilishingiz mumkin.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech