O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Pandemiya davrida aholining talabi oshgan va dorixonalardan topishimiz qiyin bo‘lgan "KURANTIL N25" dorisini instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda bemalol reklama qilib sotishmoqda. Bu vaziyatni kimdir nazorat qiladimi?

O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-723-I-son "Reklama to‘g‘risida"gi Qonuni 22-moddasiga ko‘ra:

Dori vositalari reklamasida quyidagilar bo‘lishi shart:

➖ dori vositasining to‘liq nomi (shu jumladan xalqaro farmakologik nomi) va ishlab chiqaruvchisining nomi;
➖ dori vositasidan foydalanish yoki uni qo‘llash haqidagi axborot.

Quyidagilarni reklama qilish taqiqlanadi:

▪️ faqat shifokorning ko‘rsatmasi (retsepti) bo‘yicha beriladigan dori vositalari;
▪️ tarkibida giyohvandlik vositalari va (yoki) psixotrop moddalari bo‘lgan dori vositalari;
▪️ O‘zbekiston Respublikasida tibbiyotda qo‘llanishga ruxsat berilmagan dori vositalari.

Mazkur Qonunning 6-moddasiga muvofiq:

➖ qonuniylik,
➖ aniqlik,
➖ ishonchlilik,
➖ reklamadan foydalanuvchiga zarar, shuningdek maʼnaviy zarar yetkazmaydigan shakllar va vositalardan foydalanish reklamaga doir asosiy talablardir.

❗️Majburiy sertifikatlashtirilishi zarur bo‘lgan yoki ishlab chiqarilishi yoxud realizatsiya qilinishi uchun maxsus ruxsatnoma (litsenziya) bo‘lishi talab etiladigan mahsulotni tegishli sertifikati, litsenziyasi bo‘lmay turib reklama qilish taqiqlanadi.

Savolingizga kelsak, "KURANTIL N25" dori vositasi retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati (ro‘yxat raqami 3200-son 06.12.2019) da mavjud emas. Yaʼni shifokor retsepti bilan beriladigan dori vositasi hisoblanadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqsak, bu dori vositasi qonunga zid ravishda reklama qilingan bo‘lishi mumkin. (Reklamani noto‘g‘ri deb topish to‘g‘risidagi qarorni Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qabul qiladi)

Qonunga zid ravishda berilgan reklama hamda dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida sotganlik uchun qonun hujjatlarida javobgarlik belgilangan.

Shuningdek, ushbu reklama yuzasidan, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 maydagi "O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 402-son qaroriga muvofiq, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tadbirlarini tashkil etish - Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi vazifasi ekanligini eslatib o‘tamiz.

Manba

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech