O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Pandemiya davrida dori vositalari va tibbiy buyumlar taʼminoti masalasida yig‘ilish o‘tkazildi

Toshkent viloyati Bekobod shahar Tibbiyot birlashmasining majlislar zalida pandemiya davrida dori vositalari va tibbiy buyumlar taʼminoti masalasi yuzasidan maxsus yig‘ilish o‘tkazildi.

Toshkent viloyat farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi tomonidan o‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda Toshkent viloyati Bekobod shahar Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Ochilov Yashnar, Bekobod shahar Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Nasriddinov Ilhomlar bilan birgalikda Bekobod shahar va tuman DPM mutaxassislar, Bekobod shahar va tumanlaridagi faoliyat yuritayotgan farmatsevtik mahsulotlarni chakana realizatsiya qiluvchi dorixona rahbarlari, mudirlari va mutaxassislari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Toshkent viloyat farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi rahbari Saxob Omilov yig‘ilish ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasining farmatsevtika sohasidagi qator normativ-huquqiy hujjatlari va unda belgilangan talablar yuzasidan tushuntirish berdi, xususan tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibiga qatiy rioya qilish, sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, shuningdek dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilganlik uchun javobgarlik borligi haqida ogohlantirildi. 

Yig‘ilishda shuningdek, pandemiya davrida aholini sifatli va arzon dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash masalalari muhokama qilinib, qatanashchilardan kelib tushgan savollarga atroflicha javob qaytildi va ishtirokchilar o‘z taklif va mulohazalari bilan Toshkent viloyat farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasiga murojaat etishligi mumkinligini taʼkidlandi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech