O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonasida qanday loyihalar amalga oshirilmoqda?

Mamlakatimizda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, aholini sifatli dori-darmon vositalari bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 maydagi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent viloyatida “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalari tashkil etildi.

Bugun “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonasi haqida so‘z yuritamiz.

Toshkent viloyati Parkent tumani o‘z tabiati, toza va musaffo havosi bilan  ajralib turadi. Tuproq va iqlim sharoitlari noyobligi  bor gap.  Bu yerda “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish juda maqbulligi ham inobatga olingan. “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonasiga 25,0 gektar yer maydoni, shundan 17,73 gektari ishlab chiqarish maydonlari (investorlar) uchun, 7,27 gektari EIZ infratuzilmasi uchun ajratildi.

Bugungi kunda “Parkent-farm” EIZning 17,73 gektar yer maydonida 28,0 mln. AQSH dollarlik (shu jumladan 11,16 mln. doll. o‘z mablag‘i,  3,128 mln. doll. tijorat bank krediti, 3,713 mln. doll. to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya) 7 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Loyihalar to‘liq quvvat bilan ishga tushgandan so‘ng YILLIK ISHLAB CHIQARISH HAJMI 52,137 mln. dollarni tashkil etib, 815 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Shu bilan bir qatorda yillik 7,81 mln. AQSH dollarlik dori vositalari EKSPORTIni amalga oshirish rejalashtirilmoqda. “Parkent-farm” EIZ hududida muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infratuzilmaga ega.

Bugungi kun holatiga o‘zlashtirilgan mablag‘: Jami 7,319 mln. AQSH dollar, o‘z mablag‘i- 5,125 mln. AQSH dollari, bank krediti- 350 ming AQSH dollari, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya- 1,843 mln. AQSH dollarni tashkil etadi.

Shundan:

  1. "TANDEM PHARM" MCHJ - 900 ming dollar
  2. “BIOCOM” XK - 350 ming dollar
  3. "MAGNIT GRAND FARM" MCHJ - 890 ming dollar
  4. “Yuma bio” QK MCHJ -2,95 mln.dollar
  5. “Renmin health care” MCHJ - 1,605 mln.dollar
  6. “ZUMA-PHARMA” MCHJ - 623 ming dollar.  
➖ “Parkent-farm” EIZda  Flakonlarda inyeksion liofil kukun va suyuqlik ko‘rinishidagi, ishlatishga tayyor shpris ruchkalardagi, hamda ampula dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi,
➖ Onkologiya sohasida  zarur bo‘ladigan tibbiy preparatlar ishlab chiqarish loyihasi,
➖ Galen dori vositalari, ikki bosqichli dori vositalari  ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi,
➖ Dorivor o‘simliklar yetishtirish va uzum danagidan dorivor vositalar  ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi,
➖ Tayyor dori vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi,
➖ Zaharga qarshi zardob ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi,
➖ Eksport o‘rnini bosuvchi dori vositalarini ishlab chiqarish loyihasi ishga tushish arafasida.

“Parkent-farm” EIZda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ichki bozorni mahalliy dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan yana-da ko‘proq to‘ldirish uchun respublikamizning farmatsevtika sohasini rivojlantirishga xizmat qiladi. 

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech