O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Pokistonning 2 farmatsevtik kompaniyasi bilan anglashuv memorandumlari imzolandi

Pokistonning "ZAFA PHARMACEUTICAL LABORATORIES PVT.LTD” va “MEDIZAN Laboratories” kompaniyalari bilan anglashuv memorandumlari imzolandi

Kuni kecha poytaxtimizdagi "Hyatt Regency Tashkent" mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Pokiston biznes-forumi doirasida vazirlik va idoralar, sanoat uyushmalari hamda O‘zbekiston va Pokistonning yetakchi kompaniyalari rahbarlari o‘rtasida “B2B” uchrashuvlari o‘tkazildi.

Muzokaralar yakunida farmatsevtika yo‘nalishida kelgusida yo‘lga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan o‘zaro manfaatli aloqalarni o‘rnatish, O‘zbekiston Respublikasida investitsion loyihalarni amalga oshirish hamda ikki mamlakat o‘rtasida farmatsevtika mahsulotlari aylanmasini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Pokistonning 2 yetakchi farmkompaniyalari "ZAFA PHARMACEUTICAL LABORATORIES PVT.LTD” va “MEDIZAN Laboratories” kompaniyalari bilan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi o‘rtasida anglashuv memorandumlari imzolandi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech