O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Portugaliyaning “IGHS Global Healthcare” kompaniyasi vakillari Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida

Agentlik direktorining o‘rinbosari Jamshid Eshmuradov boshchiligidagi ekspertlar Portugaliyaning “IGHS Global Healthcare” kompaniyasi vakillari bilan uchrashishdi.

Uchrashuvda mehmonlar uchun Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi faoliyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi. Unda O‘zbekistondagi qulay sarmoyaviy muhit, investorlar uchun yaratilgan imtiyoz va preferensiyalar keng yoritilib, Farm EIZ va “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterida investitsion loyihalarini amalga oshirish uchun yaratilgan imkoniyatlar ochib berildi.

Farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishda mahalliy farmatsevtika korxonalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishni reja qilgan kompaniya rahbari Xose Alexandre Kunya “IGHS Global Healthcare”ning O‘zbekiston farmatsevtika bozoriga qiziqishi juda katta ekanini va kelajakda kompaniya o‘z mahsulotini qo‘shni davlatlarga eksport qilishida yurtimizning qulay geografik joylashuvi qo‘l kelishini taʼkidladi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra, Portugaliya tomoni qilinadigan ishlar yuzasidan “Yo‘l xaritasi” loyihasini jo‘natishiga kelishib olindi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech