O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Poytaxtimizda tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun mavjud bo‘sh ish o‘rinlarga “mehnat yarmarka”si o‘tkazildi

Toshkent shahar prokuraturasining tashabbusi bilan shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi, Toshkent shahar farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi hamda shahar bandlik bosh boshqarmalari hamkorligida ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirishga ko‘maklashish maqsadida, joriy yilning 10 fevral kuni Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga “mehnat yarmarka”si o‘tkazildi.

Mamlakatimizda mehnat bozorining samarali mexanizmlarini joriy qilish, aholining ishchanlik faolligini oshirish, ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish, shu asosda ularni doimiy daromad keltiradigan mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish orqali bandligini taʼminlash maqsadida tashkil qilingan bugungi tadbirda Sog‘liqni saqlash tizimidagi bir qator tashkilotlar bilan birgalikda "ANVAR FARMSERVIS" MCHJ (A5) dorixonalar tarmog‘i 50 bo‘sh ish o‘rni, "NIKA FARM SERVIS" MCHJ (OXYmed) dorixonalar tarmog‘i 150 bo‘sh ish o‘rni hamda “GRAND PHARM TRADE" MCHJ dorixonalar tarmog‘i 100 bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etishdi.

"Shahrimiz aholisi bandligi va daromadlarini oshirishga har tomonlama ko‘maklashish, ishsizlar, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar uchun bugungi tadbirning o‘rni o‘ziga hos ahamiyatga ega" - deydi Toshkent shahar farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi boshlig‘i Ulug‘bek Jumaniyozov. - "Ishonamanki, bugungi yarmarka mehnat bozoriga ilk bor kirib kelayotgan bitiruvchilar va tibbiyot sohasida faoliyat yuritish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimiz uchun qulay imkoniyatdir".

Taʼkidlash joiz, Toshkent shahar prokuraturasining tashabbusi bilan tashkil qilingan ushbu tadbirda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, Toshkent davlat stomatologiya instituti, Toshkent pediatriya instituti, Toshkent farmatsevtika institutining bitiruvchi talabalari va shahrimiz aholisi mavjud hamda yangi yaratilayotgan ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishib, ish beruvchilar tomonidan talab etiladigan malaka darajasi, ish haqi miqdori va boshqa masalalarda kerakli maʼlumotlarga ega bo‘lishdi.

Bugungi yarmarkada ishtirok etolmagan talabgorlar uchun maʼlumot:

▪️ "ANVAR FARMSERVIS" MCHJ (A5) dorixonalar tarmog‘idagi bo‘sh ish o‘rinlari masalasida (90) 120-45-75, (71) 200-20-40;
▪️ "NIKA FARM SERVIS" MCHJ (OXYmed) dorixonalar tarmog‘idagi bo‘sh ish o‘rinlari masalasida (93) 181-06-96 yoki @rabotaOXYmedbot telegram botiga;
▪️ "GRAND PHARM TRADE" MCHJ dorixonalar tarmog‘idagi bo‘sh ish o‘rinlari masalasida (93) 589-58-50, (99) 010-51-55 raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech