O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Poytaxtimizda Xitoy-O‘zbekiston an’anaviy tibbiyot markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston Respublikasida Xitoy-O‘zbekiston anʼanaviy tibbiyot markazining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Markazning maqsadi tibbiyot va farmatsevtika sohalarida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan taklif etilayotgan investitsiyaviy imkoniyatlaridan foydalanish.

Xitoylik shifokorlarning bir qoidasi bor, ular -“bemorni kasal bo‘lishidan oldin davolash lozim”, deyishadi. Davolashda beshta mumtoz qoidalar  Xitoy anʼanaviy tibbiyotining asosiy mezoni.

Mumtoz qoidalaridan birinchisida – “shifokor  kasallikni emas insonni davolashi zarur”, deb taʼkidlanadi. Xitoylik shifokor bemorni davolashga alohida mehr, diqqat, eʼtibor va favqulodda bir yuqori masʼuliyat bilan yondashadi. Va bu yondashuv hozirgi zamon tibbiyotiga ham qoida bo‘lib qolishi kerak.

Shunisi eʼtiborliki markazni eng zamonaviy tibbiy uskunalar bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi.

Yilin-Baguning vakolatxonasi, O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi, Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi, Fermerlik sanoatini rivojlantirish agentligi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi rahbar, mutaxassislari ochilish marosimida qatnashdilar.

Jiangxi universiteti Xitoyning yetakchi ixtisoslashgan universitetlaridan biri bo‘lib, Xitoy anʼanaviy tibbiyoti sohasida professional kadrlar tayyorlash, og‘ir va davolab bo‘lmas kasalliklar profilaktikasi va davolash sohasida ilmiy-tadqiqot ishlanmalari bilan shug‘ullanadi.

Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotining maʼlumotlariga qaraganda so‘nggi yarim asrda xitoyliklarning o‘rtacha yashash umri qarib 40 yoshga ortgan. Bu esa katta va jiddiy yutuq. Xitoy anʼanaviy tibbiyotining tajribasi bilan birga zamonaviy tibbiyot yutuqlarining hayotga tatbiq etilishi natijasi. Bu natijalar yurtimiz aholisi salomatligi uchun xizmat qilsa ajabmas.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar bizning @Uzpharm_agency telegram-kanalida

Manzilimiz: 100084 Toshkent shahri, Chingiz Aytmatov ko‘chasi, 1-A uy.

Telefon:  (998 71) 203-81-81

Elektron manzil: farmagentlik@minzdrav.uz

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech