O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Professorlar Ibrohim Mamatqulov va Pyotr Ignatovga Turon Fanlari Akademiyasi akademigi ilmiy unvoni berildi.

Turon Fanlari Akademiyasi Prezidiumining qarori asosida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Ibrohim Mamatqulovga hamda AQSHning IGN-International kompaniyasi rahbari, RF olimi, Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy tadqiqot instituti konsultanti, immunolog biologiya fanlari doktori professor Pyotr Ignatovga Turon Fanlari Akademiyasi AKADEMIGI Ilmiy unvoni berildi.

Shu bilan birga institut maʼmuriyati Pyotr Ignatov rahbarligida Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti olimlari hamkorligida SOVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda dastlabki bosqichda ingalyatsiya yo‘li bilan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan “Koviglobin” vositasi yaratilganligi va klinikagacha bo‘lgan sinovlari yakunlangan ishlanmalarini Agentlikka taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 aprel kuni professor Pyotr Ignatov Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev va agentlik mutaxassislari bilan uchrashib muzokaralar o‘tkazgan edi.

Pyotr Ignatov tashrifi davrida tasdiqlangan reja asosida Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy tadqiqot instituti olimlari bilan birga yana ikkita preparat - “Ifast” inyeksion immunomodulyatori hamda vaksinalar immunogenligini oshirishda ishlatiladigan “Adyuvant-ToshVZITI” vositasi xam yaratilganligini maʼlum qildi. Xozirda klinikagacha bo‘lgan sinovlar olib borilmoqda.

Har ikki olimga yuksak unvonni va bu haqdagi hujjatni Turon Fanlar Akademiyasi prezidenti Haydarbek Bobobekov topshirdi. Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi olimlarini ushbu mukofot bilan tabriklaydi!

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech