O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Sifati kafolatlanmagan “Lamitor Torrent 50 MG" dori vositasidan ogoh bo‘ling!

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga yurtimiz dorixonalarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmagan “Lamitor Torrent 50 MG" dori vositasi realizatsiya qilinayotganligi to‘g‘risida maʼlumot kelib tushdi. 

Dori vositalarining ulgurji realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi “INOM HEALTH CARE" MCHJning murojaatiga ko‘ra yuqoridagi vaziyat o‘rganilganda, ushbu holat dorixona tomonidan taqdim etilgan fiksal va tovar cheklarida o‘z tasdig‘ini topgan.

Hurmatli yurtdoshlar va soha vakillari!

“Lamitor Torrent 50 MG" dori vositasi O‘zbekiston Respublikasi hududida tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi hamda muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilmaganligini maʼlum qilamiz. 

Maʼlumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq, dori vositalari, tibbiy buyumlari va tibbiy texnikaning tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga, qoida tariqasida, ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin ruxsat etiladi.

Eslatib o‘tamiz, “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizom”ga muvofiq, dori vositalari va tibbiy buyumlarni muvofiqlik sertifikatlarisiz saqlash va (yoki) realizatsiya qilish, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan, sifatsiz, qalbakilashtirilgan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini saqlash va (yoki) realizatsiya qilish, litsenziyaning amal qilishini tugatishga olib keladigan litsenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzilishi hisoblanadi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech