O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Qanday qilib nafas olishdagi muammolarni kamaytirish va to‘g‘ri nafas olish mumkin?

Uxlayotganda tana yo‘nalishini to‘g‘ri tanlash: tananing uyqudagi joylashuvi nafas olishga taʼsir qiladi. Boshga yostiq qo‘ygan holda yonbosh bo‘lib, oyoqlar orasiga ham yostiq qo‘yib uxlansa, umurtqa to‘g‘ri joylashadi. Bu holatda nafas yo‘llari ochiladi va xurrak otish ehtimoli ham kamayadi.

Hayot tarzida faqat yaxshi o‘zgarishlar qilishga harakat qilish: o‘pka sog‘ligiga eʼtiborli bo‘lish, sigaret va boshqa zararli odatlardan uzoq bo‘lish lozim. Foydali masʼhulotlar, antioksidantlarga boy oziq-ovqatlar isteʼmol qilish kerak. Shuningdek, xona havosini doimiy nazorat qilish va tozaligiga eʼtibor berish kerak.

Meditatsiya mashqlarni qilib borish: bu holatda stress kamayadi, nafas yo‘llari yaxshi ishlaydi.

Tana holatini to‘g‘ri tutish: buning bilan ko‘krak va umurtqa pog‘ananing yo‘nalishi to‘g‘ri joylashadi. Tananing to‘g‘ri holatida inson ko‘proq va yaxshiroq nafas oladi.

Ovoz chiqarib qo‘shiq kuylash: bu yo‘l bilan insonning nafas olish tizimi va o‘pka faoliyati yaxshilanadi. Surunkali nafas kasalliklari bor insonlarga ham ovoz chiqarib qo‘shiq kuylash tavsiya etiladi. Sababi qo‘shiq aytish nafas yetishmovchiligini qisqartiradi va nafas muskullarini kuchaytiradi.

Manba

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech