O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Qarshi shahrida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda

Keng ko‘lamli tadbirda neft va gaz, kimyo, farmatsevtika, elektroyenergetika, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasidagi tadbirkorlik subyektlari, xorijiy kompaniyalar va mehmonlar, shuningdek, yirik mahalliy sanoat korxonalari o‘z mahsuloti va xizmatlarini stendlar orqali namoyish etishmoqda. Ular safida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ham bor.

Agentlik stendida Respublikada faoliyat yuritayotgan 8 ta mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar jumladan, "DENTALS PHARMA" MCHJ", "Kesh Unversal Mega Pharm" xususiy koxonasi, "Jurabek Laboratories" MCHJ, "Nobel Pharmsanoat" MCHJ, "Meros pharm" MCHJ, "Zamona Rano" MCHJ, "Ketgut Silk" MCHJ, “BURGUT FARM” oilaviy korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan (150 dan ortiq turdagi dori vaositalar, 18 turdagi dorivor giyoxlar va 77 turdagi tibbiy buyum va tibbiy texnika) farmatsevtika mahsulotlari o‘rin egallagan.

Taʼkidlash joiz, O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar va ularda mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini kengaytirish imkoniyatlari borasidagi taqdimotlar sanoat yarmarkasining asosiy mavzusiga aylandi. Mazkur sanoat ko‘rgazmasi viloyatdagi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va xizmatlar uchun yangi shartnomalar imzolash va xaridorlar topish imkoniyatini yaratadi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech