O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Qashqadaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan farmatsevtik litsenziatlar o‘rtasida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

2021 yilning 17 mart kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i va mutaxassislari Qashqadaryo viloyatiga safar uyushtirib, u yerdagi aholidan kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha olib borilgan tekshiruvlar natijalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdilar.

Unda Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi bosh provizori Shokir Jo‘rayev, Qashqadaryo viloyatida farmatsevtika mahsulotlarining ulgurji realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchilar, tibbiyot birlashmalarida steril dori-darmon tayyorlaydigan ichki dorixona mudirlari, viloyatda ishlab chiqarishni rejalashtirayotgan investitsion loyihalar tashabbuskorlari, dori vositalari va tibbiy buyumlar realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi dorixonalar vakillari hamda Agentlikning Qashqadaryo viloyati farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi rahbari Baxtiyor Xazratqulov ishtirok etdilar.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish Agentligining litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i Gulnora Zufarova qonunbuzilish holatlarini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni kuchaytirilishiga qaramay, nazorat organiga  oxirgi vaqtlarda jismoniy va yuridik shaxslardan mahalliy ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarilayotgan ayrim dori vositalari sifatiga nisbatan eʼtirozli murojaatlar kelib tushishi davom etayotgani haqida so‘z yuritib, 2020 yil 4-chorakda va 2021 yil 1-chorakda jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarga binoan belgilangan tartibda o‘tkazilgan tekshiruvlar va ko‘rilgan taʼsir choralari to‘g‘risida maʼlumotlarni taqdim etdi.

“Xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlarini va dorixona mudirlarini xushyorlikga chorlab, hukumatimiz tomonidan chiqarilayotgan barcha qonun va qonunosti hujjatlarni sinchkovlik bilvan o‘rganishlari zarurligini,  soxaga oid meʼyoriy hujjatlarga amal qilgan xolda ish olib borish shart ekanligini taʼkidlab o‘tdik”, - deydi Gulnora Zufarova.

Qashqadaryo viloyati farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi rahbari Baxtiyor Xazratqulov yig‘ilganlarga yurtimizga  turli kontrabanda yo‘li bilan olib kirilayotgan sifatsiz va qalbaki dori vositalari va tibbiy buyumlarning sotilishi qatʼiy nazoratga olinganini aytib, bu kabi qonunbuzilishlarga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida gapirdi.

Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilariga tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida qonun loyihasi to‘g‘risidagi to‘liq maʼlumotlar taqdim etildi.

Tadbir so‘ngida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mutaxasislari yig‘ilish ishtirokchilarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berdilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech