O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Qashqadaryo viloyatida farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi ilk korxona faoliyat boshlaydi

Qashqadaryo viloyati farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi rahbari Saidqul Xolmatovning xabar berishicha, Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida joylashgan "TRAST MED-FARM" xususiy korxonasi galen dori vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.

«Mazkur korxona 2019 yilda tashkil qilingan bo‘lib, hozirgi kunda farmatsevtika faoliyatining dori vositalarini ishlab chiqarish yo‘nalishi bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi tegishli litsenziyaga ega.

Loyihaning umumiy qiymati 3 mlrd so‘mdan iborat bo‘lib, shundan bank krediti 1,5 mlrd bo‘lsa, kompaniyaning o‘z mablag‘i 1,5 mlrd. Loyiha joriy yilning avgust oyida to‘liq quvvat bilan ishga tushadi. Natijada 17 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Ushbu korxona viloyatda farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi ilk korxonadir», – deydi S.Xolmatov.

Taʼkidlash joiz, so‘nggi yillarda mamlakatda farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi va mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Qashqadaryo viloyatida farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yangi korxona faoliyati yo‘lga qo‘yilayotgani mazkur islohotlari natijasi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech