O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Qonun normalarini qo‘llashga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 2 iyul kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida O‘zbekiston Respublikasining “Maʼmuriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonun normalarini qo‘llash masalalari bo‘yicha  davra suhbati tashkil etildi.

Farmagentlikning Xalqaro standartlarni joriy etishni muvofiqlashtirish boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbirda Agentlik va Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi mutaxassislari ishtirok etdi. Suhbatni Toshkent davlat yuridik universiteti mutaxassisi, huquqshunos Umarov Bahrom olib bordi.



Davra suhbatida “Maʼmuriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi qonun hujjatlari, ushbu qonunning qo‘llanilish sohasi, asosiy tushunchalar, maʼmuriy tartib-taomillarning asosiy prinsiplari, maʼmuriy tartib-taomillar prinsiplarining qo‘llanilishi, maʼmuriy ish yuritish ishtirokchilari va boshqa moddalari bo‘yicha keng tushunchalar berildi. Davra suhbati yakunida tinglovchilar tomonidan savollar berilib, maʼruzachi tomonidan tushintirishlar berildi.    

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech