O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Qonunchilikda “qonun hujjatlari” so‘zlari “qonunchilik” so‘zi bilan almashtirildi

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ–683-son Qonun qabul qilindi.

Qonun “Normativ huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi Qonun bilan qonunchilik amaliyotiga kiritilayotgan ayrim o‘zgartirishlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida ishlab chiqildi. 

Normativ-huquqiy hujjatlar qonunchilik hujjatlari bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligini tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari qonun hujjatlaridir.

Qonunchilikda “qonun hujjatlari” so‘zlari “qonunchilik” so‘zi bilan almashtirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech