O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Qonunga xilof ravishda dori vositalarini sotgan "JASUR PHARM MED" MCHJ litsenziyasi bekor qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida “JASUR PHARM MED” MCHJga qarashli dorixonada qonunga xilof ravishda dori vositalari sotilayotganligi va tadbir natijasiga ko‘ra “Zardeks” 100 dona, "Regapen” 40 dona, "Karbamezipin-Nika” 1000 dona, “Karbaleks" 40 dona va “Tropikamid” 150 dona dori vositalari borligi aniklanib, holislar ishtirokida bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat bo‘yicha Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 13-mavze, 2-uy. 82-xonadon manzilida joylashgan "JASUR PHARM MED" MCHJga 2021 yil 17 fevralda berilgan TS №1422-raqamli litsenziyani bekor qilish haqida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan daʼvo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi va "JASUR PHARM MED" MCHJga dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun berilgan litsenziya bekor qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 818-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kuchli taʼsir kiluvchi moddalar ro‘yxati”ga kirgan dori vositalarining chakana realizatsiyasi (sotish) faqat giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni saqlash va sotish faoliyati uchun litsenziyaga ega bo‘lgan dorixonalar va ijtimoiy dorixonalar orqali amalga oshirilishi belgilangan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech