O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkazildi

Joriy yilning 25-26 avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 1-sonli sport maktabi majmuasida tabiiy va mineral resurslarni chuqur qayta ishlash, neft-kimyo sanoati hamda farmatsevtika, qurilish materiallari, elektr energiyasi va elektr texnikasi mahsulotlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yarmarkada Qoraqalpog‘iston Respublikasi farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi ham o‘z ko‘rgazma stendi bilan ishtirok etdi.

Ushbu stendda Respublikada faoliyat yuritayotgan 7 ta mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar jumladan, NUKUS MED TEX " MCHJ QQ, IP OOO "SERENE HEALTHCARE", "DENTALS PHARMA" MCHJ, "Jayxun Invest" MCHJ, "OKS MASSAGET" MCHJ, «Jurabek Laboratories» MCHJ QK, «ASTESS ATRAMATIK STERIL JARROHLIK IPLARI» MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan (77 dan ortiq turdagi dori vositasi va 227 turdagi tibbiy buyum va tibbiy texnika) farmatsevtika mahsulotlari o‘rin egalladi.

Taʼkidlash joiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi vakillari yarmarkadagi faol ishtiroki uchun tashkilotchilar tomonidan maxsus tashakkurnoma bilan taqdirlanishdi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech