O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari o‘rganilmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini shakllantirish, joriy yilga belgilangan investitsiyalar va eksport hajmlarini to‘liq bajarish hamda 2022 yilda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U.Umurzakov rahbarligidagi Ishchi guruh tarkibida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari A.S.Temirov joriy yilning 8 noyabridan Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat safarida.

Xizmat safari davomida A.Temirov xududiy bo‘limna rahbari A.Serjanov bilan birgalikda “Nukus” erkin iqtisodiy zonasi rahbariyati, Mo‘ynoq va Bo‘zatov tumani xokimi o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbariyati hamda tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuvlar o‘tkazib mavjud investitsiya loyihalarni amalga oshirishdagi muammolarni bartaraf etish hamda xududni imkoniyatlaridan kelib yangi investitsion loyihalarni shakllantirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda.

Xususan, Mo‘ynoq tumanida Orol dengizidan olinadigan Artemiya sistasini qayta ishlaydigan “JASMIN GOLD GROUP” MCHJ korxonasi faoliyati o‘rganildi. Dunyo tajribasida artemiya sistalari asosan agrosanoat yo‘nalishida yem sifatida qo‘llaniladi. Ushbu mahsulotni dekapsulyatsiya qilinib olingan mahsulotni tarkibini o‘rganib uni biologik faol qo‘shimcha yoki dori vositasi sifatida qo‘llanilishi mumkinligi to‘g‘risida birlamchi xulosa olish uchun mahsulot namunalari laboratoriya tekshiruvlarini o‘tkazish uchun olindi.

Bo‘zatov tumanidagi Madaniyat markazi eski binosini Farg‘ona viloyatidan tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan umumiy qiymati 12 mln. dollarlik tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda bino va unga yondosh xududni investorga imtiyozli shartlarda berish imkoniyatlari o‘rganilmoqda. 

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish 
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech