O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Qozog‘istonning Olma-ota shahrida "Lab-Qurultai 2022" forumi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 26-27 sentyabr kunlari Qozog‘istonning Olma-ota shahrida "Lab-Qurultai 2022" - Yuqori texnologiyali laboratoriya yechimlari ishlab chiqaruvchilarining birinchi Markaziy Osiyo forumi bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda tashkilotchilar taklifiga binoan, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” mutaxassislari Vaksinalar, zardob preparatlari va mikrobiologik tahlil laboratoriyasi mudiri Nargiza Maxsumova va mazkur laboratoriya yetakchi mutaxassisi Sevar Tojiyeva hamda Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi mudiri o‘rinbosari Irina Novikovalar ishtirok etishdi.

Shuningdek tadbirda 400 nafar oflayn ishtirokchi jumladan, Mikrobiologiya, Molekulyar diagnostika va genetika, Gistologiya va sitologiya, Sitogenetika, Immunologiya va klinik diagnostika, Hujayra texnologiyasi va eko, Umumiy kimyo, Farmatsevtika sohasida faoliyat yurituvchi 300 nafar ekspert hamda 1000 dan ortiq onlayn tomoshabinlar qatnashishdi.

Ikki kun davomida bo‘lib o‘tgan ushbu xalqaro forumda Davlat markazi mutaxassislari mikrobiologik, kimyoviy va farmatsevtik tahlillar sohasidagi so‘nggi yutuqlar bilan yaqindan tanishib ishtirokchilar bilab o‘zaro tajriba almashishdi.

Davlat markazi Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech