O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“Ra‘no diagnostika va davolash markazi” XKga berilgan litsenziya bekor qilindi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining “RA‘NO DIAGNOSTIKA VA DAVOLASH MARKAZI” XK (STIR 304813353) korxonasiga 2021 yil 10 fevralda berilgan 15816-sonli litsenziyani bekor qilish haqida Namangan tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan daʼvo arizasi sudning 2022 yil 13 oktyabrdagi hal qiluv qarori bilan  qanoatlantirildi.

Shuningdek, “RA‘NO DIAGNOSTIKA VA DAVOLASH MARKAZI” XK  tomonidan Namangan viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudiga berilgan apelyatsiya shikoyati qanoatlantirishsiz, Namangan tumanlararo iqtisodiy sudining 2022 yil 13 oktyabrdagi hal qiluv qarori o‘zgarishsiz qoldirildi.

Namangan viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudining 2022 yil 17 noyabr kuni 4-1601-2203/3296-sonli ish yuzasidan qabul qilingan hal qiluv qaroriga muvofiq, “RA‘NO DIAGNOSTIKA VA DAVOLASH MARKAZI” XK ga berilgan 15816-raqamli litsenziya bekor qilindi.

Shu o‘rinda, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi farmatsevtik litsenziatlarni farmatsevtika faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talab va shartlarini buzilishiga  yo‘l qo‘ymasliklari to‘g‘risida yana bir bor ogohlantiradi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech