O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Rasman "11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni" deb belgilandi

Xabaringiz bor, Oliy majlis Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ko‘rib chiqilgan edi. 2020 yil 23 noyabrdagi O‘RQ-648-son Qonuni bilan rasman "11 noyabr – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni" deb belgilandi.

Maʼlumot uchun: kasaba uyushmasi – fuqarolarning mehnat faoliyati yoki o‘qish turi bo‘yicha umumiy manfaatlar bog‘lab turadigan ixtiyoriy jamoatchilik birlashmasidir. Kasaba uyushmalari maqsadi – o‘z aʼzolarining mehnat hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini yoqlab chiqish va himoya qilish.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tarkibida 32,5 ming boshlang‘ich tashkilotlarni birlashtiruvchi 14 tarmoq kasaba uyushmalari mavjud, kasaba uyushmalariga aʼzolarning soni 5,5 mln dan ortiq bo‘lib, ulardan 2,5 mln dan ziyodi ayollar va 2 mln dan ziyodi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar hisoblanadi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunining belgilanishi, eng avvalo, kasaba uyushmalari tashkilotlarini maʼnaviy qo‘llab-quvvatlash, ularning yana-da samarali faoliyat yuritishini taʼminlash, tashkilot fidoyi xodimlarini rag‘batlantirishga xizmat qiladi. Bu bilan mehnatkashlar huquqlari himoya qilinishi ustidan jamoatchilik nazorati taʼsirchanligini oshirish kutilmoqda.

Qonun «Xalq so‘zi» gazetasida chop etilgan va 24.11.2020 yildan kuchga kirdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech