O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Rasmiy bayonot: 2022 yil iyun oyiga qadar 518 ta murojaat asosida 3511 turdagi dori vositalari ekpertizadan o‘tkazildi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi» DUK sifatsiz, kontrafakt, yaroqlilik muddati tugagan farmatsevtik mahsulotlar yuzasidan 2022 yil iyun oyiga qadar aniqlangan holatlar bo‘yicha maʼlumot berdi.

O‘zbekiston Respublikasi huquqni himoya qilish idoralari hamda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Davlat markazining Huquqni muhofaza qilish organlari murojaatlari bilan ishlash bo‘limiga joriy yilning 1 iyun sanasiga qadar 518 ta murojaatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlarni o‘rganish davomida tibbiyot amaliyotida qo‘llash mumkin bo‘lmagan 3511 turdagi 1 173 607 o‘ram dori vositalari aniqlangan.

Ulardan:
➖ 1357 turdagi 403 375 o‘ram davlat ro‘yxatidan o‘tganligi;
➖ 746 turdagi 470883 o‘ram davlat ro‘yxatidan o‘tmaganligi;
➖ 340 turdagi 4340 o‘ram muvofiqlik sertifikati mavjud;
➖ 739 turdagi 286020 o‘ram muvofiqlik sertifikatlari mavjud emas;
➖ 186 turdagi 5167 o‘ram yorliqlash ko‘rsatkichi bo‘yicha kontrafakt;
➖ 121 turdagi 855 yaroqlilik muddati tugagan (sifatsiz);
➖ 22 turdagi 2967 o‘ram qalbakilashtirilgan dori vositalaridir. 

Shuningdek, L-Lizina essinat 5 ml №5, Aktovegin 40 mg 5ml №5, Serebrolizin 5 ml №5, Solkoseril 5 ml №5, Layboten 1.0 g,  Mildronat 5 ml №10, Revarton, Tebantin, Saytatek,  Zardeks, Kovifor, Fatzorb, Vobenzim nomli farmatsevtika mahsulotlari bilan bog‘liq qalbakilashtirish holatlari bir necha marotaba takrorlangan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi Davlat markazi tomonidan yuqoridagi aniqlangan holatlar bo‘yicha laboratoriya tahlillari haqidagi tegishli maʼlumotlar murojaatchilarga taqdim qilindi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi qonuni 20-moddasidaga muvofiq cifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini xarid qilish, chakana realizatsiya qilish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech