O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Respublikamiz hududida noqonuniy muomaladan musodara qilingan giyohvandlik vositalari yӯq qilindi

Bugun poytaxtimizning Sergeli tumanidagi “Uzikkilamchiranglimetall” korxonasi hududida, respublikamizda noqonuniy muomaladan musodara qilingan 1 tonna 350 kilogrammga yaqin narkotik moddalar yoqib yuborildi.

Tadbir avvalida tashkilotchilar va xalqaro jamoatchilik vakillari ishtirokida jurnalistlar uchun brifing o‘tkazildi. Matbuot anjumanda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi” DUK Narkotiklarni nazorat qilish qӯmitasi raisi Ismatjon Azizov ishtirok etib, jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Taqdim etilgan maʼlumotlarga ko‘ra, O‘zbekistondagi narkovaziyatga salbiy taʼsir ko‘rsatayotgan asosiy omil - qo‘shni Afg‘onistonning hanuzgacha giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda yetishitirilishi, dunyoning turli mintaqalariga O‘zbekiston hududi orqali eksport qilinishidir. Tahlillarga ko‘ra, bu yerda o‘tgan yilda 224 ming gektar maydonlarda 6,3 ming tonna opiy yetishtirilgan. O‘zbekistonda 2020 yilda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq 6032 ta jinoyat fosh etilgan. Natijada, 1 tonna 542,6 kg. narkotik moddalar musodara qilingan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 28,5 foizga ko‘paygan.

Taʼkidlanishicha, 2020 yilda 28,4 kg. geroin, 124,1 kg. opiy, 127,3 kg. gashish moyi, 323,9 kg. ko‘knor, 692,8 kg. marixuana, 223,9 kg. gashish va boshqa narkotik moddalar ushlab qolingan. 2021 yilning o‘tgan davri mobaynida davlat bojxona xizmati organlari tomonidan hamkorlikda aniqlangan 301 ta holatda 164,6 kg narkotik moddalar, 20 ta holatda 2379 dona psixotrop tabletkalar va 13 ta holatda 17,2 kg. kuchli taʼsir qiluvchi moddalar ushlab qolindi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech