O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Roche kompaniyasi atigi 15 daqiqada SARS-CoV-2 antitanalarini aniqlovchi tezkor test ishlab chiqarishni boshlaydi

Roche kompaniyasi atigi 15 daqiqada “ishonchli va tezkor” ravishda SARS-CoV-2 virusi mavjud deya gumon qilinayotgan odamlarni saralashga qodir bo‘lgan antitanalarni aniqlovchi testni ommaviy ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Shu kunlarda Shveysariyaning farmatsevtika giganti sentyabrning oxirida SD Biosensor kompaniyasi bilan hamkorlikda Yevropa muvofiqlik belgisiga (CE mark) ega bo‘lgan barcha mamlakatlarda, shu jumladan Buyuk Britaniyada SARS-CoV-2 antitanalarini aniqlovchi tezkor test qo‘llana boshlashi haqida eʼlon qildi.

SARS-CoV-2 antitanalarini aniqlovchi tezkor test tibbiy yordam ko‘rsatish punktlarida xizmat qiluvchi tibbiyot xodimlariga kasallik alomatlari namoyon va namoyon bo‘lmagan insonlarda virusni tezkor aniqlashda katta yordam beradi.

Tezkor test SARS-CoV-2 bemorlar bilan yaqin aloqada yoki yuqori xavfli muhitda bo‘lgan odamlar uchun dastlabki skrining tekshiruvi bo‘lib xizmat qiladi.

Ikki mustaqil tadqiqot markazi taqdim etgan 426 namuna asosida shuni ko‘rish mumkinki, test 96,52% sezgirlikka va 99,68% o‘ziga xoslikka ega.

Kompaniya maʼlumotlariga ko‘ra, boshida oyiga 40 million tezkor test ishlab chiqariladi, ammo bu yil oxiriga qadar ularning hajmi kamida ikki baravar ko‘payadi.

“COVID-19 pandemiyasi davom etar ekan, sog‘liqni saqlash tizimlari xavf ostida qolmoqda. Tezkor testlar o‘tkazish ko‘plab mamlakatlarda hanuzgacha muhim ahamiyatga ega”, deydi Tomas Shinekker, Roche Diagnostics ijrochi direktori. “Ayniqsa, yaqinlashib kelayotgan gripp mavsumida davolanishning to‘g‘ri yo‘lini taʼminlash uchun odamda SARS-CoV-2 mi yoki gripp ekanligini bilish muhimdir. Aholi orasida COVID-19 virusining tarqalishini oldini olish uchun odamning infeksion holati to‘g‘risida tezkor javob olish katta ahamiyatga ega”.

Manba

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech