O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida 13-Yevroosiyo farmatsevtika forumi bo‘lib o‘tmoqda

Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi va MDH mamlakatlarida so‘nggi 10 yilda farmatsevtika bozori qay tarzda rivoj topdi? Keyingi 10 yillikda qanday strategiyalar ko‘proq samara beradi? Bu savollar joriy yilning 1-3 mart kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida bo‘lib o‘tayotgan 13-Yevroosiyo farmatsevtika forumida o‘z javobini topadi.

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining mazkur mamlakatlardagi regulyator organlari, xalqaro va mahalliy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, distribyutor korxonalar, dorixonalar tarmoqlari vakillari bilan uchrashish imkonini berusvchi mazkur forum farmatsevtika tarmog‘ining eng dolzarb muammolari borasida, shuningdek sektor rivoji tendensiyalari haqida fikr almashish uchun zamin yaratadi.

Mazkur forumda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivoljlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari Alisher Temirov boshchiligidagi ekspertlar, xususan, “Zarur amaliyotlar markazi” DUK direktori Aziz Dusmatov, “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi” DUK Narkotiklarni nazorat qilish qӯmitasi raisi Ismatjon Azizov, O‘zbekiston Respublikasi farmakopeyasi bosh muharriri Xabibulla Jalilov, agentlik direktorining maslahatchisi Muxabbat Ibragimovalar ishtirok etishmoqda.

Forumning bosh mavzulari:

☑️ Yevrorosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlatlari umumiy farmatsevtika bozori taraqqiyotining o‘ziga xosliklari;
☑️ COVID-19 pandemiyasi va uning bozor hamda farmatsevtika sanoatiga taʼsiri;
☑️ Yevrorosiyo iqtisodiy ittifoqi umumiy qoidalari asosida dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish;
☑️ Yevrorosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlarida GMP inspeksiyasi;
☑️O‘zbekiston bo‘ylab kengaytirilgan fokus-sessiya.
☑️ Yevrorosiyo iqtisodiy ittifoqi va MDH mamlakatlari bo‘yicha fokus-sessiyalar.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech