O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Agentlikda Rossiyaning “AstraZeneka” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 20 sentyabr kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Rossiyaning “AstraZeneka” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Agentlik direktorining o‘rinbosari Jamshid Eshmurodov O‘zbekiston farmatsevtikasining jadal rivoji, sohaning investitsion jozibadorligi xususida so‘zlab berdi.

Kasalliklarni tashhislash, davolash va oldini orash sohasiga eng zamonaviy texnologiya va amaliyotlarni joriy qilish borasida ikki o‘rtadagi hamkorlik masalalari muhokama qilingan uchrashuvda Rossiya tomoniga “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri, uning hududida tashkil etilayotgan Yangi Farmatseatika texnik universiteti xususida ham maʼlumotlar berildi. Shuningdek, “AstraZeneka” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi borasida tushuntirishlar berildi.

Aytish joizki, “AstraZeneka” kompaniyasi mamlakatimizda yuqori texnologik farmatsevtik loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirgan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech