O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Rossiyaning COVID-19 ga qarshi vaksinasi namunalari O‘zbekistonga olib kelindi

Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri Denis Manturov “Cputnik V” COVID-19 ga qarshi vaksina namunalarini shaxsan respublika poytaxtiga yetkazib berdi. Uni O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Xolmamat Norboyev kutib oldi.

Vazirlikning xabar berishicha, namunalar vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazish va sanoat uslubida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan sinovlarni o‘tkazish uchun O‘zbekiston tomoniga topshirildi.

Yaqin kunlarda ishlab chiqarilgan Sputnik V vaksinasining umumiy hajmi 2 million dozani tashkil etadi - bu mamlakatimiz aholisini emlashni boshlashga imkon beradi.

Vaksinaning klinik sinovlari Belorusiyada, shuningdek Venesuela, Birlashgan Arab Amirliklari, Hindistonda olib borilmoqda. Braziliya, Argentina va boshqa mamlakatlarning regulyatorlari bilan ish olib borilmoqda. Xorijdagi Cputnik V klinik sinovlarida qatnashayotgan ko‘ngillilarning umumiy soni 5000 nafardan oshgan.

Ayni paytda Rossiyadan tashqarida Cputnik V vaksinasini ishlab chiqarish bo‘yicha Hindiston, Braziliya, Xitoy, Janubiy Koreya va boshqa to‘rt mamlakat kompaniyalari bilan shartnomalar tuzilgan.

Rossiya vaksinasini tezkor ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha JSST va boshqa yirik xalqaro tashkilotlar va muassasalar bilan vaksinani Yevropa Ittifoqida aylanishiga ruxsat olish uchun muzokaralar olib borilmoqda.

Sputnik V vaksinasining samaradorlik ko‘rsatkichlari 95 foizdan yuqori bo‘lib, ular Rossiyada 40 ming ko‘ngillilar ishtirokida o‘tkazilgan keng ko‘lamli klinik sinovlar davomida namoyish etilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech