O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“Salvare” MCHJ korxonasi o‘z mahsulotlarini stikerlash usuli orqali raqamli markirovkalashni joriy qildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Dorivor o‘simliklar asosida dori vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Salvare” MCHJ korxonasi joriy yilning 21 oktyabr sanasidan, dori vositalarini stikerlash usuli orqali raqamli markirovkalash tizimini autsorsing xizmati asosida, o‘z ishlab chiqarish liniyasida yo‘lga qo‘ydi.

Korxonada joriy qilingan tizimning ishlash jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida “Salvare” MCHJga tashrif buyurgan Davlat markazining Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini raqamli markirovkalash bo‘limi vakillari xodimlarga stikerlash usuli orqali raqamli markirovkalashda eʼtibor berish kerak bo‘lgan muhim omillar haqida tushuntirish ishlarini amalga oshirishdi.

Maʼlumot uchun, isteʼmol qadoqlariga qo‘llaniladigan stiker - dori vositasi yoki tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalash uchun mo‘ljallangan, shuningdek, isteʼmol qadog‘iga yoki guruhlangan qadog‘iga mahkamlanuvchi, raqamli identifikatsiyalash vositasi shikastlanmasdan qadoqdan ajratib olinishiga yo‘l qo‘yilmaydigan usulda raqamli identifikatsiyalash vositasini tushirish uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha yorliq (yopishtirma yorliq) hisoblanadi.

Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini raqamli markirovkalash bo‘limi boshlig‘i Aziz Abdumalikovning taʼkidlashicha, belgilangan tartibga muvofiq, raqamli identifikatsiyalash vositasi bevosita bosib chiqarish yo‘li bilan yoki dori vositasi va tibbiy buyumning yaroqlilik muddati davomida raqamli identifikatsiyalash vositalari isteʼmolchi qadoqlaridan shikastlanmasdan ajratib olinishiga yo‘l qo‘yilmaydigan usul bilan stiker orqali isteʼmol qadoqlariga qo‘llanilishi mumkinligi belgilangan.

Davlat markazi Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech