O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Samarqand viloyatidagi ayrim tibbiyot muassasalari ichki dorixonalarida nazorat tadbirlari o‘tkazildi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Samarqand viloyatidagi ayrim tibbiyot muassasalari ichki dorixonalarida  nazorat tadbirlari o‘tkazildi

Sog‘liqni  saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish Agentligining Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan 2021 yil II-IV choraklarda farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi davlat tibbiyot muassasalari dorixonalarining litsenziya talab va shartlariga rioya etishlarini nazorat qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan tekshirishlar reja-jadvaliga muvofiq, 2021 yil 14 iyul kuni Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand viloyat filiali, viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi ichki dorixonalarida tekshirish ishlari o‘tkazildi.

Tekshiruvlarda tibbiyot muassasalari tomonidan litsenziya talab va shartlari, shu jumladan “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayyorlash, saqlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom” hamda sanitariya talablari buzilish holatlari aniqlanib, ushbu muassasalarga nisbatan bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar shaklidagi taʼsir choralari belgilandi.

Bugunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Sirdaryo va Toshkent viloyati ayrim tibbiyot muassasalari ichki dorixonalarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari haqida bu yerda tanishishingiz mumkin.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi
Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech