O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Samarqand shahrida hokim va tadbirkorlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

So‘ngi yillarda yurtimizda farmatsevtika sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarning jadal rivojlanishini taʼminlash, sohada byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, investitsiya jalb qilish va investorlarga qulay muhit yaratish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Kuni kecha Samarqand shahrida Savdo-sanoat palatasi majlislar zalida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov viloyatda faoliyat yuritib kelayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish hamda ularning ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi 100ga yaqin tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur tadbirda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Alisher Temirov boshchiligida, Agentlikning Samarqand hududiy bo‘linmasi mutaxassislari Oydin Qayumova, Jasur Kushakov va Unarqul Egamovlar ishtirok etishdi.

Tadbirkolar bilan ochiq muloqotga tashrif buyurgan Samarqand viloyat hokimi dastlab, hududdagi mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan va chet elga eksport qilinayotgan farmatsevtik mahsulotlar bilan tanishdi.

Tadbirkor va ishbilarmonlarning o‘z faoliyatlari davomida yuzaga kelayotgan muammolar hamda yangi istiqbolli g‘oya va takliflarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida viloyatlarda “Hokim va tadbirkorlar” uchrashuvi o‘tkazib kelinayotgani yaxshi samara bermoqda.

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvda viloyat hokimi va masʼullar tadbirkorlarning yechimini kutayotgan masalalarini birma-bir tingladi. Bo‘lib utgan muloqot davomida tadbirkorlar faoliyatida uchrayotgan to‘siqlar, qator muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga alohida eʼtibor qaratildi. Tadbirkorlarning tashabbuslari va loyihalarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanib, masʼullarga ko‘rsatmalar berildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech