O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Samarqand viloyat farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi tomonidan 2022 yil 1-yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Agentlik mavtbuot kotibi Qizlarxon Begmatova ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda Samarqand viloyat farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi tomonidan 2022 yil 1-yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumot berildi.

Hozirgi kunda Samarqand viloyatida:

➖ 8 ta farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar;
➖ 78 ta ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar;
➖ 5 ta Davolash profilaktika muassasalari qoshidagi dori vositalari tayyorlashni tashkil etuvchi dorixonalar;
➖ 1725 ta chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi dorixonalar,  shundan, 184 tasi ijtimoiy dorixona va dorixona filiallari faoliyat yuritmoqda.

Ishlab chiqarish va eksport ko‘rsatkichlari

2022 yil 6 oy davomida mahalliy ishlab chiqarilgan dori vositalari hajmi 115 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Hududda faoliyat yuritayotgan 2 ta mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan 5 ta xorijiy mamlakatga farmatsevtika mahsulotlari eksporti amalga oshirilib kelinmoqda. 2022 yilda 1 iyulga qadar 180,00 ming dollarlik dori vositalari va 95,6 ming dollarlik tibbiy buyumlar eksporti qilingan bo‘lib, jami 276,6 ming AQSH dollarida farmatsevtika mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan.

2022 yilda ishga tushirilgan loyihalar

“Polidar Farm” MCHJ tomonidan shamchalar (Suppozitoriy) ishlab chikarishni tashkil etish loyihasining umumiy qiymati 590 ming AQSH dollari bo‘lib, ishlab chiqarish hajmi 2  mln. dona. Loyiha ishga tushirilishi natijasida 10 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan. Bino-inshootlar qurilish ishlari 100% bajarilgan. Loyiha doirasida muammolar mavjud emas. Ayni kunlarda farmatsevtik faoliyat uchun litsenziya olishda zarur hujjatlar tayyorlanmoqda.

"PHARM PARTNERS GROUP" MCHJ tomonidan tibbiyot PETtaralari va leykoplastirlar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasining umumiy qiymati 1 mln. 390 ming AQSH dollarni tashkil etadiLoyiha ishga tushirilishi natijasida 20 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan. Loyiha doirasida muammolar mavjud emas. Ishlab chiqariladigan mahsulotlar Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun topshirilgan.

2022 yilda ishga tushirilishi kutilayotgan loyihalar

"Fortuna Urgut medikal" MCHJ tomonidan tayyor dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish etish umumiy qiymati 49 mlrd 50 mln so‘m bo‘lib, loyiha 2022 yil 4-choragida ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Loyiha amalga oshirilishi natijasida 40 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

"VAKSINA FARM MEDIKAL" MCHJ tomonidan tayyor turdagi dori darmon vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish etish umumiy qiymati 6 mln. AQSH dollari. Loyiha 2022 yil 4-choragida ishga tushirilishi kutilmoqda. Loyiha amalga oshirilishi natijasida 60 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

2021-2024 yillarda farmatsevtika sohasida amalga oshirishi rejalashtirilgan loyihalar:

Samarqand viloyatida 2021-2024 yillar davomida farmatsevtika sohasini yana-da rivojlantirish maqsadida, umumiy qiymati 417,7 mlrd. so‘m (38,4 mln. AQSH dollari) bo‘lgan 7 ta investitsiya loyihalari ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Loyihalar amalga oshirilishi natijasida 399,05 mlrd. so‘mlik ishlab chiqarish hajmlari hamda 25 mln. dollarlik mahsulotlar eksport qilinishi shuningdek, 295 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech