O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Samarqandda Dorivor o‘simliklar mahsulotlarining Birinchi xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

SSV huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Samarqand viloyat hokimligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, O‘rmon ho‘jaligi davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan joriy yilning 17 iyun kuni Samarqand viloyatining Jomboy tumanidagi “SOF EXPO SAMARKAND” ko‘rgazmalar majmuasida ilk bora “Avicenna Heritage” deb nomlangan Dorivor o‘simliklar mahsulotlarining Birinchi xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.

Hurmatli dorivor o‘simliklarni yetishtiruvchi va uni qayta ishlovchi hamda dorivor o‘simliklar asosida biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar! Siz ham ushbu ko‘rgazmada o‘z mahsulotlaringiz bilan ishtirok etish istagida bo‘lsangiz, quyidagi raqamlarga murojaat qilishingizni so‘raymiz:

(55) 705-07-05, (91)-906-07-70, (78)-150-60-06

Eslatib o‘tamiz, mazkur tadbirda O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekiston xalq tabobati assotsiatsiyasi, «Sharq tabobati» instituti vakillari ishtirok etadi. Shuningdek, tadbir doirasida olim va mutaxassislar tomonidan tibbiyot xodimlari uchun seminar- treninglar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech