O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Samarqandda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini noqonuniy sotgan dorixonaga chora ko‘rildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Samarqand viloyati Qo‘shrabot tuman bo‘limi hamda viloyat IIB JKB xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand shahar Bobir Mirzo MFY Merv ko‘chasi 73-A uy uy manzilida joylashgan «Azamat Vizin Farm» MCHJga qarashli dorixonada o‘tkazilgan tezkor tadbirda, dorixona rahbari tomonidan (tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan) "Regapen 300 mg” dori vositasini har bir kapsulasini 35000 so‘mdan hisoblab jami 6 donasini 280000 so‘mga noqonuniy sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangangan.

Shuningdek, tezkor tadbir davomida dorixona ko‘zdan kechirilganda, respublika sertifikatlashtirish idoralari tomonidan muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilmagan, tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan 151 flakon “Midaks” 1% 10 ml, 801 kapsula “Galara 75 ml”, 274 kapsula "Regapen 300 mg”, 182 kapsula "Regapen 150 mg” va 1 flakon "Milrimaks 5,0 ml” dori vositasi dorixonada noqonuniy saqlanayotganligi aniqlangan.

Yuqoridagi holatlar bo‘yicha Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Samarqand shahar Bobir Mirzo MFY Merv ko‘chasi 73-A uy manzilida joylashgan «Azamat Vizin Farm» MCHJga 2019 yil 22 oktyabrda berilgan 0582-QR-sonli litsenziyani bekor qilish haqida Samarqand shahar iqtisodiy sudiga kiritgan daʼvo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi va «Azamat Vizin Farm» MCHJga dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun berilgan litsenziya bekor qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 818-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kuchli taʼsir kiluvchi moddalar ro‘yxati”ga kirgan dori vositalarining chakana realizatsiyasi (sotish) faqat giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni saqlash va sotish faoliyati uchun litsenziyaga ega bo‘lgan dorixonalar va ijtimoiy dorixonalar orqali amalga oshirilishi belgilangan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech