O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Samarqandda O‘zbekiston - Rossiya biznes forumi bo‘lib o‘tmoqda

Forum ishtirokchilari transport-logistika, sanoat loyihalari, savdo-iqtisodiy hamkorlik, kichik va o‘rta biznes o‘rtasidagi hamkorlik kabi masalalarni muhokama qiladi.

Bugun Samarqandda O‘zbekiston - Rossiya biznes forumi boshlandi. Tadbir 1 va 2 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Forumda Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov, O‘zbekiston geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi raisi Bobir Islomov, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev, Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov, Tatariston Respublikasi rahbari Rustam Minnixanov, Rossiya va O‘zbekiston vazirlik va idoralarining boshqa rahbarlari, yirik kompaniyalar, shuningdek, kichik va o‘rta biznes vakillari ishtirok etishmoqda.

Forumning birinchi kunida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev mamlakatimizning farmatsevtik investitsion jozibadorligi haqida taqdimot orqali maʼlumot berdi.

Shuningdek forumda transport-logistika, sanoat loyihalari, savdo-iqtisodiy hamkorlik, kichik va o‘rta biznes o‘rtasidagi hamkorlik kabi masalalarni muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, tadbir doirasida Rossiya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech