O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Samimiy tilaklar va eʼtibor siz uchun, aziz faxriylarimiz!

Yurtda tinchlik va osoyishtalik hukm sursa, xalq xotirjam yashaydi. Tinchlik-xotirjamlik – taraqqiyot garovidir. Tinchliksevar xalq sifatida ota-bobolarimiz avlodlar orasida tinchlikning qadriga yetishni targ‘ib qilib, urushni batamom qoralab kelgan.

9 mayni Xotira va qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi.

Kuni kecha Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Namangan viloyati hududiy bo‘linmasi vakillari Pop tumanida istiqomat qilayotgan ikki nafar Ikkinchi jahon urush qatnashchilarini bayram bilan tabriklash maqsadida ularning xonadonlariga tashrif buyurib, sovg‘a-salomlar yetkazdilar.

Agentlikning Namangan viloyati hududiy bo‘linmasi bosh mutaxassisi Mahmud Qamchinboevning aytishicha, sal kam bir asrni nishonlayotgan faxriylar Najmiddin Qodirov va Mirzaraxmon Abduraxmanovlar bilan suhbat qurilib, og‘ir urush damlari esga olindi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech