O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Sanderland universiteti vakillari yangi Farmatsevtika universitetiga tashrif buyurishdi

Joriy yilning 21 may sanasida Britaniyaning Sanderland universiteti vakillari Ian Mudi va Tuesday Sampsonlar "Tashkent Pharma Park"da bunyod etilayotgan yangi Farmatsevtika texnika universitet hududi va universitet binosi bilan yaqindan tanishish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida mehmonlar yangi universitetning vaqtinchalik joylashadigan binosini ko‘zdan kechirib, klaster qurilishining qaysi bosqichga yetib kelganligi va laboratoriyalar joylashadigan hudud hamda uning texnik uskunalari, jihozlanish haqida suhbatlashishdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Yangi Farmatsevtika texnika universitetida kadrlar masalasi, talabalarni qabul qilish va saralash jarayoni, taraflarning maʼsuliyatlari, o‘quv dasturi, kelajak rejalari hamda validatsiya uchun kerakli hujjatlar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12-13 may sanalarida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev boshchiligidagi Agentlik xodimlari, yangi Farmatsevtika texnika universiteti bo‘yicha konsultant va mutasaddilardan iborat bo‘lgan delegatsiya Angliyaning Sanderlend shaxrida joylashgan Sayederlend Universitetiga tashrif buyurgan edi.

Mazkur tashrif doirasida Sanderlend universiteti prorektori Ser Devid Bell, maʼmuriy ishlar bo‘yicha bosh direktor Stiv Nayt, prorektor o‘rinbosari professor Jon Timmis, xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor professor Jon Makintayrlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgandi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech