O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev boshchiligidagi delegatsiya Rossiyaning Ufa shahrida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 noyabrdagi 737-sonli “Ayrim turdagi mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish” to‘g‘risidagi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida kecha, 14 oktyabr kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev boshchiligidagi delegatsiya Rossiyaning Ufa shahriga tashrif buyurdi.

Ikki kunlik tashrif davomida Agentlik direktori Ufa shahrida joylashgan “Farmstandart –UfaVita” korxonasining ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishib raqamli markirovkalash tizimini o‘rganadi va aynan shu mavzuda korxona mutassadilari bilan muzokaralar olib boradi.

Eslatib o‘tamiz agentlik direktorining Rossiya Federatsiyasiga tashrifi 16 oktyabrgacha davom etadi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech