O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Saudiya Arabistoni va O‘zbekiston kompaniyalari 14 ta kelishuv va anglashuv memorandumlarini imzoladilar

Jidda shahrida Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xolid bin Abdulaziz Al-Folih hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev ishtirokida Saudiya Arabistoni va O‘zbekistonning qator kompaniyalari o‘rtasida investitsiya yo‘nalishlari bo‘yicha 14 ta bitim va memorandumlar imzolandi.

Jumladan, “Aziaimmunopreparat” MCHJ, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va Saudiya Arabistonining “Jamjoom Pharma” kompaniyasi o‘rtasida imzolangan umumiy qiymati 10 mln. dollar bo‘lgan kelishuv bitimi yurtimizda dori vositalarini ishlab chiqarishni va ular eksportini yo‘lga qo‘yishni ko‘zda tutadi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech