O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

"Saxovat universal farm" MCHJga farmatsevtik faoliyat uchun berilgan litsenziya tugatildi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda Andijon viloyatida joylashgan “Saxovat universal farm” MCHJda aniqlangan litsenziya talab va shartlarini bir marta qo‘pol ravishda buzilish xolatlari bo‘yicha unga dori vositalarini ishlab chiqarish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishini tugatishni so‘rab Andijon tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritilgan daʼvo ariza sudning 2021yil 31 mart kunidagi 4-1701-2103/512-sonli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi va “Saxovat universal farm” MCHJga farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishi tugatildi.

Shu bilan birga, Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi farmatsevtik litsenziatlarni ro‘yxatdan o‘tkazilmagan, sifatsiz, qalbakilashtirilgan dori vositalarini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini, ishlab chiqarish, saqlash va realizatsiya qilish respublikaga noqonuniy yo‘llar orqal kirib kelgan dori vositalarini ri vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash va realizatsiya qilishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida yana bir bor ogohlantiradi.”

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech