O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov boshchiligidagi ishchi guruh Sirdaryo viloyatida bo‘ldi.

2023-yil 23-noyabrdagi Davlatimiz rahbari tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishdagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida bugungi kunda hududlardagi farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar bilan birma-bir uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Hududlardagi farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatini o‘rganish va amaliy yordam berish maqsadida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan ishchi guruh tuzilgan.  Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov boshchiligidagi ishchi guruh Sirdaryo viloyatida bo‘ldi.

Agentlik direktori Sirdaryodagi 10 ta ishlab chiqaruvchi korxonalarda bo‘lib, tadbirkorlarning muammo va takliflarini o‘rgandi. Korxonalardagi Xarid masalalarini o‘rganish, markirovka, agregatsiya, ro‘yxatdan o‘tkazish, ro‘yxatdan qayta o‘tkazish, ishlab chiqarishga ta’sir qiluvchi omillar, hududlardagi dorixonalar faoliyatini o‘rganish, resept asosida dorilarning sotilishi va boshqa muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, Agentlik direktori Abdulla Azizov Sirdaryo viloyati hokimligida xususiy sektorda faoliyat yurituvchi farmatsevtlar bilan uchrashib, dorixonalarda farmasevtika xizmati sifatini oshirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Dorixonalar faoliyatiga sifat tizimini joriy etish yaxshi dorixona amaliyoti GPP Milliy Davlat standarti talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Yig‘ilishda ushbu Milliy standart talablariga muvofiqlik sertifikatlarni olish bo‘yicha ishlarni jadallashtirishtirish yuzasidan tushuntirish berildi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilishda davlat standartlari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga, yong‘in xavfsizligi qoidalari, mehnat muhofazasi qoidalari, texnika xavfsizligi qoidalariga va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga rioya etilishi ta’minlanishi ham eslatib o‘tildi.
Ishlab chiqaruvchilar va ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning omborxona binolari dori vositalarining va tibbiy buyumlarning fizik-kimyoviy, farmakologik va toksikologik xususiyatlarini inobatga olgan holda, dori vositalarining va tibbiy buyumlarning to‘g‘ri saqlanishini ta’minlaydigan sharoitlarga ega bo‘lishi lozimligi yana bir bor takidlandi.
Ishchi guruhlar barcha hududlarda amaliy yordam berish ishlarini amalga oshirmoqdalar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech