O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

SHHTga aʼzo davlatlarning tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi hamkorlikka bag‘ishlangan konferensiyasi o‘z ishini boshladi

Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlatlarning tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan konferensiyasi bugun Xitoyning Pekin shahrida o‘z ishini boshladi.

Gibrid formatda, yaʼni ham onlayn, ham offlayn ko‘rinishda o‘tayotgan konferensiyada tashkilotga aʼzo davlatlarning dori vositalarini nazorat qiluvchi organlari rahbariyati o‘z hisobotlari bilan ishtirok etishmoqda.

SHHT bosh kotibi Chjan Min tomonidan ochib berilgan mazkur konferensiyada O‘zbekiston nomidan Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Egamov onlayn qatnashdi hamda yig‘ilganlarni O‘zbekiston farmatsevtikasining bugungi yutuqlari va istiqboldagi rejalari bilan tanishtirdi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech